Eng faollari saralanyapti

18.05.2024, 15:16

Eng faollari saralanyapti

Har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining mahalla bosqichlari Xorazm viloyatining barcha shahar va tumanlarida mahalla kesimida davom etmoqda.

         Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi Xonqa tumanida ham o‘tkazildi. Partiya tomonidan tashkil qilingan tanlovning mahalla bosqichida hududda tikuvchilik, hunarmandchilik, tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelayotgan xotin-qizlar ishtirok etmoqda. Partiya vakillari tadbirkorlarning faoliyatini joyiga borib o‘zlari bilan yuzma-yuz muloqot qilish orqali aniqlashga harakat qilindi.

Ochig‘ini aytish kerak, mahallalarda faoliyat olib borayotgan ko‘plab tadbirkorlarimizning faoliyati  darhaqiqat, ibratga loyiq.

          Misol uchun, Xonqa tumanida Gulsara Otajonovaga qarashli  “Shermamat Shakaroy” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2019 yilda tashkil topgan bo‘lib, asosan parrandachilik faoliyati bilan shug‘ullanadi. Mavsumiy 20-30 nafar yoshlarni ish bilan ta’minlagan. Parrandachilik faoliyatidan tashqari 10 boshdan ziyod mol,  tovuq boqish ham yo‘lga qo‘yilgan. Oyiga 30 ming dona tuxum yetishtiradi. Shuningdek, qo‘shimcha oyiga 200, 300 kg tovuk go‘shti xam yetishtirib ichki bozorga yetkazib berilmoqda. Bu esa nafaqat aholi farovonligini ta’minlashga balki, oilaga yaxshi daromad manbai bo‘lib ham qo‘shilmoqda.

          Oyimjon Bektayeva ham bir biridan bejirim kelin liboslari tikib kelmoqda.  Undan tashqari mahallada “Go‘zallik saloni” ham tashkil qilgan bo‘lib, 3 nafar xotin-qizlarni bandligini ta’minlashga erishgan.

          Tanlov jarayonida ishtirokchilar faoliyatini baholashda hakamlar hay’ati tomonidan ishbilarmon ayollarning mahallada hunarmandchilikni rivojlantirayotgan zamonaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratgani, aholiga xizmat ko‘rsatishni qay darajada tashkillashtirgani inobatga olindi.

            Saralash bosqichi davomida tumandagi bir nechta mahallalardagi oilaviy, xususiy va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat olib borayotgan tadbirkor ayollarning faoliyati bilan tanishildi. Ularning eng faollari yaqinda bo‘lib o‘tadigan ko‘rik – tanlovning tuman bosqichiga yo‘llanma oldilar.

 

  • Ko'rildi
    57
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+