Partiya faollari yoshlarning muammo va takliflarini tingladi

26.06.2024, 14:16

Partiya faollari yoshlarning muammo va takliflarini tingladi

Buxoro davlat universitetida O`zLiDeP viloyat Kengashi va hamkor tashkilotlar ishtirokida “Yoshlar oyligi” doirasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida senator, deputat va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy Majlis Senati a’zosi A.Xuseynova, viloyat partiya tashkiloti vakillari, deputatlar, oliygohning professor-o‘qituvchilari hamda talaba- yoshlari ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘z olgan Oliy Majlis Senati a’zosi A.Xuseynova va boshqalar mamlakatimizda davlatimiz rahbari boshchiligida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan yoshlarimizni oliy ta’limga qamrab olish darajasi yildan-yilga ortib borayotgani, ehtiyojmand oilalarning qizlari oliy o‘quv yurtlariga alohida davlat grantlari asosida qabul qilinayotgani, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun bir qator yangi imkoniyatlar yaratilayotganligi e’tirof etdilar.

Vatanimiz kelajagi yoshlar qo‘lida ekanligi, yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda tinimsiz izlanish, o‘qib o‘rganish,bor bilim, kuch va g‘ayratini Vatan taraqqiyoti yo‘liga sarflash zarurligini ta’kidlab o‘tdilar. Yoshlar-Yangi O‘zbekistonning munosib vorislari, yetuk kadrlari bo‘lishlariga ishonch bildirdilar.

Yoshlar bilan yaqindan muloqot qilish, ularning intilish va qiziqishlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida tashkil etilgan muloqotda faol yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

  • Ko'rildi
    29
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+