Partiyalararo hamkorlik yanada rivojlanadi

26.06.2024, 09:40

Partiyalararo hamkorlik yanada rivojlanadi

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi vakillaridan iborat partiya delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Kengashi Xalqaro aloqalar bo‘limi Yevroosiyo boshqarmasi direktori Van Min xonim bilan uchrashdi.

Muloqot davomida tomonlar ikki davlat rahbarlarining muntazam uchrashuvlari va siyosiy irodasi tufayli bugungi kunda O‘zbekiston — Xitoy hamkorlik munosabatlari keng ko‘lamli ahamiyat kasb etib, strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani, barcha sohalardagi aloqalar izchil rivojlanayotganini e’tirof etishdi.

Shuningdek, hududlararo aloqalar ham jadal rivojlanayotgani hamda o‘zaro sheriklik munosabatlarini o‘rnatishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanayotgani aytib o‘tildi.

Samimiy ruhda o‘tgan muloqotda partiyalar o‘rtasida xalqaro aloqalarni mustahkamlash, ilg‘or xalqaro tajribani partiyalar ishida qo‘llash imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari bo‘yicha o‘zaro fikrlar almashildi.

Muloqot yakunida partiyalar o‘rtasida barcha yo‘nalishdagi hamkorlikni kuchaytirish hamda doimiy ravishda faol fikr almashib turishga kelishib oldilar.

  • Ko'rildi
    27
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+