Senator va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

26.06.2024, 15:54

Senator va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

30 iyun—Yoshlar kuni munosabati bilan “Parlamentda yoshlarning o‘rni” loyihasi doirasida viloyat Yoshlar markazida Oliy Majlis Senati a’zosi, "Do‘stlik" ordeni sohibi, O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi deputati Ulug‘bek Sotiboldiyev, Senat huzuridagi yoshlar parlamenti a’zolari Xilola Obidova, Jo‘rabek Sanginov va Temur Razzoqovlarning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan Senator Ulug‘bek Sotiboldiyev 2024 yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturini samarali amalga oshirish yuzasidan viloyatda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga ham to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuv savol-javoblar, munozaralar va takliflarga boy tarzda o‘tdi va yakunda Senator yoshlarga Vatan ravnaqi yo‘lida xizmat qiladigan kadr bo‘lib yetishishlarida muvaffaqiyat va zafarlar tiladi.

  • Ko'rildi
    38
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+