100 nafar xotin-qizni ishli qilgan tadbirkor ayol tanlovning mahalla bosqichi g‘olibi bo‘ldi

18.05.2024, 15:03

100 nafar xotin-qizni ishli qilgan tadbirkor ayol tanlovning mahalla bosqichi g‘olibi bo‘ldi

Har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan O’zLiDePning “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining mahalla va tuman bosqichlari yangi-yangidan tadbirkor opa-singillarimizni kashf etishda davom etmoqda.

Ko‘rik-tanlovda ishtirokchilarning o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlar ko‘rgazmasi, qo‘l mehnatiga asoslangan tadbirkorlik ishlari namoyish etildi va hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.

Partiya Pop tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan tanlovning mahalla bosqichida tumanning 1-sektor hududida tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan bir guruh xotin-qizlar o‘zlarining ishlab chiqarayotgan mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.

Hay’at kengashining xulosasiga ko‘ra, Nazira Lutfullayeva g‘olib deb topildi. Nazira uyda o‘tirgan ayollarga kasanachilik asosida hunar berib kelmoqda. Hozirga qadar 40 nafardan ortiq xotin-qizlarga milliy liboslar tikish hamda turli xildagi pishiriq tayyorlash, gilam to‘qish kabi hunar sirlarini o‘rgatib kelmoqda. Shuningdek, tuman ayollaridan 60 nafarga yaqini uy sharoitida kasanachilik asosida bandligini ta’minlashga ham ko‘maklashib kelyapti.

G’olib va sovrindorlarga viloyat Kengashi hamda Pop tuman  Kengashi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

  • Ko'rildi
    47
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+