YTHlar qachon kamayadi?
22.02.2024, 09:30
O’zLiDeP Xorazm viloyat kengashi tashabbusi bilan viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi majlislar zalida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, piyodalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bilan bog‘liq mavzularda uchrashuv tashkil etildi.
Xorazm viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i M.Xudoyberganov, avvalo, yo‘l harakati ishtirokchilari va haydovchilarning harakatlanish madaniyatini oshirish eng maqbul chora ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, YTHlar sonini kamaytirish, fuqarolar va soha vakillari mas’uliyatini yanada oshirish, asosiysi, mutaxassislar oldiga sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda viloyat transportini rivojlantirishga ko‘maklashish, harakatni yaxshilash, tirbandlikni kamaytirish va texnikalarning atrof-muhitga ta’sirini minimallashtirishni nazarda tutuvchi qator yechimlar va zamonaviy yangiliklarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Muhokamalar jarayonida O’zLiDePdan saylangan deputatlar, faollar yo‘l harakati xavfsizligi xizmati vakillari bilan muntazam muloqotlar o‘tkazish, ayniqsa, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha o‘z taklif-mulohazalarini bildirishdi.
O’zLiDeP Xorazm viloyat kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Dehqonchilik qilmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun nimalar o‘zgardi?
07.05.2024, 16:47
-
Buxoro tumani mahallalarida “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichlari davom etmoqda
06.05.2024, 13:41
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
Fikringizni qoldiring