Ishchi guruh Xorazmda nazorat-tahlil tadbirlarini olib boryapti

29.02.2024, 11:04

Ishchi guruh Xorazmda nazorat-tahlil tadbirlarini olib boryapti

Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishlarda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, investitsiya va eksport hajmini oshirish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, uy-joy va kommunal xo‘jaligi, qurilish, transport, ekologiya hamda ijtimoiy sohalarda 2024 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy ustuvor vazifalar va yo‘nalishlar belgilab berildi.

Mazkur vazifalarning o‘z vaqtida va samarali bajarilishi ustidan ta’sirchan parlament nazoratini yo‘lga qo‘yish, joylarda nazorat-tahlil tadbirlarni olib borish, shuningdek bu borada vakillik organlarining faol ishtirokini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi va Oliy Majlis Senati Kengashining qo‘shma qarori tasdiqlandi. Unga ko‘ra Ishchi guruhlar shakllantirilib, joylarda o‘rganishlar olib boryapti.

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosi viloyat misolida muhokama qilindi.

         Sessiyada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Aktam Xaitov, Qonunchilik palatasi va mahalliy kengash deputatlari ishtirok etdi.

Sessiyada 2024 yilda Xorazm viloyatiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan qurilishlar, viloyatni ishsizlik va korrupsiyadan xoli hududga aylantirish hamda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha”, “Obod mahalla” mezonlarini joriy etishda sektor rahbarlari tomonidan “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash tizimini tubdan takomillashtirish kabi qator masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi.

         Dastlab viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining viloyatda tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan joriy yilda qurilishi va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish taklif qilinayotgan loyihalar yuzasidan axboroti tinglandi.

Ta’kidlanganidek, 2024 yilda jamg‘arma mablag‘lari xisobidan amalga oshiriladigan qurilish va tamirlash ishlarining manzilli ro‘yxati tegishli idora va tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan. Joriy yilda jamg‘arma hisobidan amalga oshirish taklif qilinayotgan investitsiya loyihalariga asosan viloyatda mavjud “Xazorasp erkin iqtisodiy zonasi”, kichik sanoat zonasi hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi 22 ta obektda 19,3 mlrd. so‘mlik qurilish, tamirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, sessiyada viloyatdagi davlat oliy talim muassasalari jumladan Urganch davlat universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnolorgiyalari universiteti Urganch filiali rahbarlarining o‘tgan 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2024 yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan hisobotlari tinglandi.

Aytib o‘tilganidek, har bir oliy o‘quv yurtida talabalarga sifatli talim berish maqsad qilingan. Shunga qo‘ra, viloyatdagi davlat oliy talim muassasalarida xorijlik yoshlarning ham o‘qish istaklari ortib bormoqda. Shuningdek, yigit-qizlarga nafaqat taxsil jarayonida zarur sharoit yaratish, balki ularni shinam va qulay zamonaviy turar joylar bilan ta’minlash masalasi ham ijobiy yechim topmoqda. Bu bo‘yicha har bitta oliy ta’lim muassasasi vakili batafsil ma’lumot berdi.

Sessiyada qishloq xo‘jaligiga doir masalalar yuzasidan ham mas’ullarning hisoboti eshitildi. Fermer xo‘jaliklari faoliyatining xuquqiy kafolatini taminlash, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar, meleorativ tadbirlar va kollektor-zovur tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va qurish, tizimli tamirlash-tiklash tadbirlari borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokamalar markazida bo‘ldi.

Qizg‘in fikr almashuvlardan keyin muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    67
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+