Aholiga qonunchilikdagi yangiliklar tushuntirildi

20.04.2024, 08:29

Aholiga qonunchilikdagi yangiliklar tushuntirildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Oqoltin tumanida bo‘lishib aholi bilan uchrashuvlar va muloqotlar hamda Prezidentimizning “Sayxunobod tajribasi”ni ommalashtirishga oid targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishdi. Shuningdek, korxona va muassasalarda, mahallalarda bo‘lib, aholi vakillari bilan muloqotda bo‘lishdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O’zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov boshchiligidagi qonunchilik palatasi deputatlaridan iborat ishchi guruh a’zolari Sirdaryo viloyati Oqoltin tumaniga tashrif buyurdilar.
Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, tuman hokimi Komiljon Ernazarov, partiyaning viloyat Kengashi apparat rahbari Shohista Bozorboyeva, viloyat dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Ro‘ziqul Pirimqulov, tuman Kengashi deputatlari, tadbirkorlar va agrar soha xodimlari ishtirok etishdi.
Ishchi guruh a’zolari dastlab, tuman hokimligi mutasaddilari, mahalliy kengash deputatlari bilan birgalikda yig‘ilishib, tumandagi islohotlarning samaradorligini ta’minlash borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan fikr almashdilar hamda tashrif davomidagi o‘zaro hamkorlik chora-tadbirlarini belgilab oldilar.
Muloqotlar chog‘ida tumanda “Sayxunobod tajribasi”ni ommalashtirish, aholi daromadini oshirishda tadbirkorlik, tomorqa va uy xo‘jaligidan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilingan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi.
Yig‘ilish davomida tuman agrar soha xodimlari ham o‘zlarini o‘ylantirayotgan masalalar yuzasidan xalq noiblariga to‘g‘ridan - to‘g‘ri murojaat qilishdi, barcha savollariga batafsil javoblar olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

  • Ko'rildi
    28
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+