Jarqo‘rg‘onlik 325 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

13.04.2024, 22:27

Jarqo‘rg‘onlik 325 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Jarqo‘rg‘on tumani 4-sektor hududida 14 ta mahalla bor. Ularda 55 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. O‘zLiDeR Surxondaryo viloyati Kengashi “Ayollar qanoti” viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda Jarqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda ushbu hudud aholisi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qildi.

Tumandagi “Obodguzar” mahallasida joylashgan 4-sektor shtabi binosida bo‘lib o‘tgan ko‘rikda, kattalar va bolalar ftiziatri, onkalog, kardialog, urolog, xirurg,  terapevt, stomatolog, psixiatr, gastroenterolog, kattalar va bolalar nevrapatologi, dermatovenerolog, endokrinolog, ginekolog, okulist oftalmolog, mammograf rentgenolog, pediatr, otoloringolog, travmatolog, xirurg kabi mutaxassis-shifokorlar fuqarolarni ko‘rikdan o‘tkazishdi. Aniqlangan kasalliklar bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, ko‘chma mammografiya, rentgenflyurografiya apparatlari, laboratoriya va oftalmologik xizmat ko‘rsatuvchi maxsus mashinalar yordamida ham tibbiy xizmat ko‘rsatildi. 

—  Ko‘rikka kelgan 325 nafar fuqaroning salomatligi ko‘zdan kechirildi, — deydi O‘zLiDeR Surxondaryo viloyati Kengashi deputati Gulbahor Tangirova. — Ular orasida nogironligi bo‘lgan, daftarlarda ro‘yxatda turadiganlari ham bor. Fuqarolarning 271 nafari ambulator, 52 nafari tuman darajasida, 2 nafari viloyat darajasida davolanishi uchun yo‘naltirildi.

Tibbiy ko‘rik jarayonida post xoletsistik sindromi tashxisi qo‘yilgan N.Mamayusupovaga davolanish uchun tuman tibbiyot birlashmasi xirurgiya bo‘limiga yo‘llanma berildi. Surunkali xolitsistit bilan og‘rigan 2-guruh nogironi T.Xo‘jamqulovga ham viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi uchun order asosida yotqizilishi tavsiya qilindi.

Tibbiy mobil brigadalar tomonidan 2 nafar uyida yotib qolgan fuqarolar holidan xabar olinib, uy sharoitida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, mutaxasislar tomonidan tavsiyalar berildi.

 

O‘zLiDeR Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    27
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+