O’zLiDeP faoli 7 kishini ish bilan ta’minladi

21.04.2024, 13:48

O’zLiDeP faoli 7 kishini ish bilan ta’minladi

Termiz shahridagi “Eski Termiz” mahallasida ham tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan ishbilarmon ayollar ko‘pchilikni tashkil etadi. “Ishbilarmon ayol - 2024” ko‘rik-tanlovining “Eski Termiz” mahallasi bosqichida ana shunday tadbirlilarning faoliyati o‘rganildi. 

Xususan, O’zLiDeP Surxondaryo viloyati hamda Termiz shahar Kengashi, “Ayollar qanoti” vakillaridan iborat hakamlar hay’ati a’zolari To‘xtagul Jumaqulova rahbarlik qilayotgan "Orzu Termiz" kasb-hunarga o‘qitish markazi faoliyati bilan tanishdi. Markazda asosan hamshiralik ishi bo‘yicha 3 oylik va 6 oylik kurslarda "Ayolar daftari", "Temir daftar", "Yoshlar daftari" da turgan xotin-qizlar o‘qitiladi. Yosh tadbirkor ushbu o‘quv kurslarining filiallarini vohaning yana 7 ta hududida ham yo‘lga qo‘ygan.

— Markazimizning Denov, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on, Angor tumanlarida bittadan, shuningdek, Termiz shahrida 2 ta filiali hozirda faoliyat yuritmoqda, — deydi To‘xtagul Jumaqulova. — Ushbu filiallarda 7 nafar xotin-qizni doimiy ish bilan ta’minlaganmiz. Hozirda o‘quv kurslarini 1,5 mingdan ortiq xotin-qiz tamomlashga ulgurdi. Kelgusida ularning sonini yana oshirishga hamda hunar o‘rgatadigan boshqa o‘quv kurslarini ham yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilgan.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

 

  • Ko'rildi
    33
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+