“To‘da”liklar ham internetdan foydalanishni xohlaydi

11.03.2022, 14:20

“To‘da”liklar ham internetdan foydalanishni xohlaydi

Boysun tumanidagi “To‘da” mahallasida yashovchilarning ham o‘ziga yarasha tashvishi, yechilmay yotgan muammolari bor. Ularga yechim topish uchun esa avval, o‘rganish lozim. Buni O’zLiDeP Boysun tuman Kengashi deputati A.To‘rayev ham yaxshi anglaydi. Shu bois, deputat hududga tez-tez tashrif buyurib, fuqarolar bilan muloqot qiladi, ularni qiynayotgan masalalarni tinglaydi.

Yaqinda deputat Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati yordamchisi J.Karimov bilan birga mahalladagi xonadonlarda bo‘lganida ham aholi vakillari gaz ballonlari yetishmasligiyu ularni vaqtida to‘ldirib berilmasligi, ichimlik suvi ta’minotidagi muammolar yuzasidan murojaat qilishdi. Ayrim fuqarolar esa yer olish masalasida ko‘mak ham so‘radi. Olis hudud bo‘lgani bois, mahallada internet ham ko‘ngildagidek ishlamaydi. Zamona bilan hamnafas yashashni kim ham istamaydi, deysiz. Bu istak to‘daliklarda ham yo‘q emas. Axir u yerda ham yoshlar zamonaviy bilimlarni o‘rganishni, dunyo xabarlaridan boshqalar qatori xabardor bo‘lishni xohlashadi. Ushbu masala yuzasidan ham yig‘ilganlar yordam so‘rashdi.

Albatta, ko‘tarilgan muammolar shunchaki tashlab qo‘yilmaydi, ular mutasaddi tashkilotlar ko‘magida hal etilishi uchun so‘rovlar chiqariladigan bo‘ldi.

H.Xoliqov,

O'zLiDeP Boysun tumani Kengashi

apparat-rahbari

  • Ko'rildi
    252
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+