Konstitutsiyaviy islohotlar jarayoni yuzasidan aholi vakillari orasida targ‘ibot tadbirlari tashkil qilinyapti

27.06.2022, 16:47

Konstitutsiyaviy islohotlar jarayoni yuzasidan aholi vakillari orasida targ‘ibot tadbirlari tashkil qilinyapti

O`zLiDeP Asaka Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi tomonidan tumandagi “Qoraqiy” MFY da mahalladagi tadbirkor, tashabbuskor va faol ayollar ishtirokida “Xotin-qizlar - Konstitutsiyaviy islohotlar tashabbuskori” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Ushbu tadbir konstitutsiyaviy islohotlar, konstitutsiyani takomillashtirish zaruriyatini keng jamoatchilik qatlamlariga yetkazish hamda mahalladagi ilg‘or fikrli xotin-qizlar, faol ayollardan takliflar olish maqsadida tashkil qilindi. Tadbir jarayonida Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputat yordamchisi Umidaxon Nazarova bosh qomusimiz xususida yig‘ilganlarga  atroflicha ma’lumot berib o‘tdilar.

Davra suhbati yakunida faol ayollar yurtimizda bo‘layotgan islohotlar to‘g‘risida taklif va fikrlarini  bildirishdi.

  • Ko'rildi
    379
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+