Mirishkor fermer, tashabbuskor deputat

04.08.2022, 16:31

Mirishkor fermer, tashabbuskor deputat

Namangan viloyati Kosonsoy tumani “Qo‘qimboy” mahallasida ishsizlikni kamaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. “Kosonsoy intensiv uzumlari” fermer xo‘jaligi rahbari, O’zLiDeP a’zosi, xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Jahongir Umarov bu hayrli ishga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.

Uning sa’y-harakati bilan besh gektar yerda tokzorlar barpo etildi. Shu maqsad uchun 200 mlrd sum miqdorida subsidiya ajratildi. Ushbu hududga tumanning yer sharoitiga to‘g‘ri keladigan uzumning eksportbop navlaridan “Rizamat ota”, “F-1 Gibrit”, “Xusayni”, “Kelin barmoq”, “So‘g‘diyona” navlari ekildi. Ishni to‘g‘ri tashkil etilgani, ilg‘or agrotexnik usullardan unumli foydalanilgani qisqa muddat ichida o‘zining ijobiy natijasini berdi. Tokzorlarda yetishtirilgan mo‘l-ko‘l hosil ko‘zni qamashtiradi. Uzumlarning sifati, mazasiga ham ta’rif yo‘q. Quvonarlisi, bu mahsulotlar nafaqat ichki bozorga yetkazib berilmoqda, balki qo‘shni Qirg‘iziston va Rossiya Federatsiyasiga ham eksport qilinmoqda.-

-Mahallamiz ko‘plab aholisi ish bilan ta’minlandi, mirishkor bog‘bonlar uzumchilikning sir-asrorlarini  yoshlarga ham o‘rgatishyapti. Endi ular bu navlarni tumanning barcha mahallalarida ekib, yetishtirilgan uzumni shu joyning o‘zida sotishni rejalashtirishgan, - deydi “Kosonsoy intensiv uzumlari” fermer xo‘jaligi rahbari, deputat Jahongir Umarov.

Ayni kunlarda partiya tuman Kengashi bilan hamkorlikda bu tajribani boshqa mahallalarda ham ommalashtirish bo‘yicha tashkiliy ishlar olib borilmoqda.

  • Ko'rildi
    447
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+