Partiyaning Faxriylar kengashi mustaqillik bayramini yuqori saviyada o‘tkazish borasida vazifalar belgilab oldi

12.08.2022, 15:59

Partiyaning Faxriylar kengashi mustaqillik bayramini yuqori saviyada o‘tkazish borasida vazifalar belgilab oldi

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi huzuridagi Faxriylar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!”  shiori ostida Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda viloyat kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari Arziqul Sherov viloyat va Chiroqchi tuman kengashlari raislari Igor Tursunov, Momosuluv Berdiqulova hamda boshqalar so‘zga chiqib, mustaqillik yillarida ko‘p millatli O’zbekiston xalqi o‘zining buyuk salohiyati, mustahkam irodasi va matonatini namoyon etib, og‘ir sinov va mashaqqatlarni mardona yenggan holda katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tganligini, mamlakatimizdagi barcha sohalar jadal rivojlanib, fuqarolarning hayot darajasi, siyosiy-ijtimoiy faolligi, ongu tafakkuri tobora yuksalib borayotganligini   ta’kidlab o‘tdilar.

- Bu yil xalqimiz asrlar bo‘yi orzulab yashagan, va mamlakatimiz taqdirida tub burilish yasagan, tom ma’nodagi buyuk, olamshumul voqea – O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi e’lon qilinganiga o‘ttiz bir yil to‘ladi, -deydi Igor Tursunov. - Yangi O’zbekistonni barpo etish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar, hayotimizning barcha jabhalarini erkinlashtirish, iqtisodiyot va uning tarmoqlarini, xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa,  aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlari va daromad manbalarini yaratishga alohida e’tibor qaratilayotganligi xalqimizning ertanga kunga, nurli istiqbolga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlamoqda.

Kengash so‘ngida el yurt orasida hurmat e’tibor qozongan faxriylar bilan yoshlarning uchrashuvlarini tashkil etish, aholi o‘rtasida Prezidentimizning “O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, faxriylarni mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirokini ta’minlashga ko‘maklashish, bayram arafasida  yolg‘iz keksalar va bemor faxriylarning hollaridan xabar olish borasida kengash a’zolari oldida turgan tegishli vazifalar belgilab olindi.

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

Matbuot xizmati.

  • Ko'rildi
    308
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+