“Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!” g‘oyasi asosida pedagog xodimlar bilan uchrashuv tashkil etildi

17.08.2022, 17:46

“Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!” g‘oyasi asosida pedagog xodimlar bilan uchrashuv tashkil etildi

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi hamda Urgut tumani xalq ta’limi bilan hamkorlikda mustaqilligimizning 31 yilligini munosib kutib olish, istiqlol davrida erishayotgan yutuqlarimizni yana bir bor sarhisob qilib, el- yurtimizni yangi marralar sari ruhlantirish maqsadida “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!” g‘oyasi asosida pedagog xodimlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Jaxongir Xo‘jamkulov ishtirok etib, yig‘ilganlarga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini hamda  mustaqillik yillarida ta’lim tizimida qo‘lga kiritgan yutuq va muvaffaqiyatlarimizni yanada mustahkamlash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, davlatimizning hududiy yaxlitligi va bo‘linmasligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik va hamjihatlikni mustahkamlashga intilish ko‘p millatli xalqimizni yanada birlashtiradigan, yuksak marralarga safarbar etadigan beqiyos kuchga aylanib borayotgani haqida tushunchalar berdi.

Shuni alohida qayd etish lozimki, ta’lim tizmida 2026 yilgacha 1,9 millionta o‘quvchi o‘rni yaratish, shuningdek  2022-2026 yillarda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash hisobiga 1,2 million o‘quvchi o‘rni miqdoridagi yangi quvvatlar yaratish xuddi shu yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida umumiy o‘rta ta’limda yana 700 ming o‘quvchi o‘rni miqdoridagi yangi quvvatlar yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Xulosa qilib shuni aytishimiz lozim, Vatanimiz tarixida mutlaqo yangi sahifa ochgan O’zbekiston mustaqilligining 31 yilligini munosib kutib olish, istiqlol davrida erishayotgan yutuqlarimizni yana bir bor sarhisob qilib, el- yurtimizni yangi marralar sari ruhlantirishda barchamiz birdek faol bo‘lishimiz shart va zarur. Tadbir yakunida faol pedagoglarga estalik sovg‘alari topshirildi.

Nasiba Mo‘minova,

O‘zLiDeP  Samarqand viloyat Kengashi

 bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    219
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+