Taxiatoshlik tadbirkor Koreyada tajriba almashmoqda

12.10.2022, 10:09

Taxiatoshlik tadbirkor Koreyada tajriba almashmoqda

Mamlakatimizda tadbirkorlikka katta e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa tibbiyot, shu jumladan stomatologiya sohasi bugungi kunda jadal sur’atlarda rivojlanmoqda.
Taxiatoshlik tadbirkor Sabit Tadjibayev 16 yildan buyon stomatologiya sohasida faoliyat yuritib keladi.

Doimo izlanishda yuradigan shifokor zamonaviy yangiliklarni o‘rganish, malakasini yanada oshirish maqsadida stomatolog-implantologlar bilan birgalikda Koreyadagi “DENTIUM IMPLANT” korxonasida tajriba almashmoqda.

Koreya davlatida implantologiya ancha rivojlangan bo‘lib, mazkur korxona ham 25 yildan buyon yuqori sifatli implantat ishlab chiqaradi. Taxiatoshlik tadbirkor o‘z faoliyati davomida yuqori sifatga ega bo‘lgan ushbu korxona mahsulotlaridan foydalanib kelmoqda.

Shifokor faqatgina o‘z sohasi bo‘yicha tajriba almashishdan tashqari Koreya davlatida ishlab chiqarilgan so‘nggi rusumdagi kompyuter tomograf 3D diagnostika apparatini Qoraqalpog‘iston Respublikasiga olib kelishni rejalashtirgan.

Ma’lumot o‘rnida Sabit Tadjibayev turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanidagi “Asiljan DENTA” mas’uliyati cheklangan jamiyatida stomatologiya bo‘yicha aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA

  • Ko'rildi
    282
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+