Endilikda mahalla o‘zining muammosini mustaqil hal qiladi

11.01.2023, 16:33

Endilikda mahalla o‘zining muammosini mustaqil hal qiladi

O’zLiDeP Olmazor tuman Kengashi va Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati, partiya faoli Ra’no Xodjimuxamedova boshchiligida tumandagi “Chustiy” va “Chig‘atoy darvoza” mahallalarida yashovchi fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv chog‘ida Prezidentimizning Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini tadbir ishtirokchilariga yetkazdilar. Ma’lumki, barcha islohotlarimiz zamini va ko‘zgusi bu mahalla. Jamiyatimizdagi barcha jarayonlar mahalla hayotida o‘z ifodasini va amaliy yechimini topadi. Har bir mahalla o‘zining kutubxonasi, sport maydonchasiga ega bo‘lishi zarur. Endilikda mahalla o‘zining muammosini mustaqil hal etish uchun “Mahalla budjeti” tizimi joriy etilmoqda. Buning uchun joriy yil 1 yanvardan boshlab mol-mulk va yer soliqlarining bir qismi mahallaning o‘zida qoladigan bo‘ldi. Bu esa mahalla fuqarolarining muammolarini hal qilishda turtki beradi.

Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi hamda muammoli masalalar ko‘tarildi. Deputat aholi murojaatlarini o‘z nazoratiga oldi. Bir qancha fuqarolar O’zLiDeP safiga  kirish istagini bildirdilar va ularga partiya a’zolik guvohnomasi tantanali ravishda topshirildi.

  • Ko'rildi
    378
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+