O’zLiDeP Buxoro shahar Kengashi faoliyati tahlil qilindi

25.10.2023, 12:05

O’zLiDeP Buxoro shahar Kengashi faoliyati tahlil qilindi

O’zLiDeP Buxoro shahar Kengashining navbatdagi yig‘ilishida 2023 yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar va keyingi ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, hozirgi paytda shaharda O’zLiDeP a’zolari soni 13343 nafardan iborat bo‘lib, ular 98 ta BPT atrofida birlashgan. Partiya a’zolari soni salkam 2,5 mingtaga oshib, ular ishtirokida targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirishga alohida e’tibor berilyapti. Joylarda o‘tkazilib kelinayotgan turli tadbirlar davomida partiyaning saylovoldi dasturida ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarning amaldagi ijrosi, mahalliy Kengash deputatligiga saylangan xalq vakillarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xalq turmush farovonligini oshirish borasidagi faoliyatining aniq natijalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilmoqda.

Mahalliy Kengashdagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari tomonidan mutasaddi tashkilotlarga 207 ta deputatlik so‘rovlari yuborilgan.

Yig‘ilish kun tartibidagi ikkinchi masala ham partiya faollari e’tiborida bo‘ldi. Unga muvofiq Buxoro shahrida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhini tuzish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Muhokama etilgan ushbu masala yuzasidan yig‘ilish ishtirokchilarining fikr-mulohazalari tinglanib, 12 kishidan iborat ishchi guruhning tarkibi tasdiqlandi hamda uning zimmasidagi vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilishda O’zLiDePning 20 yilligini munosib kutib olish va nishonlashga qaratilgan tadbirlarni joylarda uyushqoqlik bilan o‘tkazish bo‘yicha galdagi vazifalar ham belgilab olindi.

  • Ko'rildi
    86
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+