Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan g‘azalxonlik kechasi tashkil etildi

09.02.2024, 14:11

Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan g‘azalxonlik kechasi tashkil etildi

G‘azal mulkining sultoni va buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan O‘zLiDeP Namangan shahar Kengashi hamda Namangan muhandislik-qurilish instituti hamkorligida g‘azalxonlik kechasi tashkil etildi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad Alisher Navoiyning boy va serqirra ijodiy merosini va o‘lmas asarlarini keng targ‘ib qilish, yoshlarda badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish hamda buyuk allomalarimiz qoldirgan nodir kitoblar haqida maʼlumot berishdir.

Tadbirda partiya viloyat Kengashi apparat rahbari Orifjon Mahmudov, deputat Sohiba Gapparova hamda institutning professor o‘qituvchi va talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirda talaba yoshlar tomonidan Navoiy g‘azallaridan naʼmunalar o‘qib berildi. Isteʼdodli yoshlar tomonidan rasqlar ijro etildi. Navoiyning hayot yo‘li va ijodiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.

Tadbir so‘nggida faol ishtirok etgan talabalarga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

  • Ko'rildi
    155
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+