Jamoatchilik nazorati: Namanganda xususiy klinikalar faoliyati o‘rganilyapti

22.02.2024, 10:56

Jamoatchilik nazorati: Namanganda xususiy klinikalar faoliyati o‘rganilyapti

Avval xabar berganimizdek, O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va viloyat kengashi vakillari, deputatlardan tarkib topgan ishchi guruh tomonidan Namanganda xususiy tibbiyot muassasalari faoliyati o‘rganilyapti, muammo va takliflari tinglanmoqda.

O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi ayollar bilan ishlash bo‘limi mudiri Sevara Muslimova boshchiligidagi ishchi guruh Uychi tumanidagi “SD klinik”, “Abdullo Ahror” medservis xususiy korxonasi hamda Norin tumanidagi "Impuls med center" tibbiyot muassasasi faoliyati bilan tanishdi, muammo va takliflari o‘rganildi.

Bu joylarda yaratilgan sharoitlar, foydalanilayotgan tibbiy apparatlar, malakali shifokorlar bilan ta’minlaganlik darajasi bilan qiziqdilar.

Muloqot jarayonida ularni qiynayotgan muammolarga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, “SD klinik” muassasasi rahbari yangi tibbiy uskunalar sotib olish va shu asosda xizmat ko‘rsatish turlarini yanada takomillashtirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish istagi borligini bildirdi. Faqat buning uchun bankdan imtiyozli kredit olishda amaliy yordam so‘radi. Xususiy tadbirkorning bu taklifi nazoratga olindi.

“Abdullo Ahror” medservis xususiy korxonasi boshlig‘i A’zamjon Qozoqov esa  insult bo‘lgan bemorlarni reablitatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan jihozlar, mutaxassislarga ehtiyoj borligini ta’kidladi.

Partiya viloyat Kengashi apparati rahbari Orifjon Mahmudov, deputatlar Nargiza Muhammadiyeva, Sohiba G’afforovalar tibbiyot tizimida xususiy sektorga yaratilgan imtiyozlar, ulardan foydalanish tartib-qoidalari haqida tushuncha berdilar.

  • Ko'rildi
    41
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+