Jizzaxlik deputatlar yoshlarning muammo va takliflarini tingladi
29.02.2024, 11:36
O’zLiDeP Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti tashabbusi bilan Jizzax Arxitektura va qurilish texnikumida “Deputat va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Unda xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi deputati Nigora Asqarova, viloyat hududiy partiya tashkiloti hodimlari, tegishli korxona, tashkilot rahbarlari hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.
Mazkur ta’lim muassasasi 2021 yil o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, bugungi kunda bu yerda 4 ta mutaxassislik bo‘yicha 102 nafar talaba tahsil olmoqda. Bundan tashqari texnikum qoshida qurilish sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash markazi tashkil qilingan bo‘lib, 100 nafardan oshiq ishsiz fuqarolar 5 ta mutaxassislik bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitilmoqda. E’tiborli tomoni, ular mazkur kurslarni bitirib chiqqach, turli xil tashkilotlar tomonidan bandligi ta’minlanadi.
Uchrashuvda tadbir ishtirokchilariga “O’zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilab berilgan vazifalar va ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan partiya faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berib o‘tildi.
So‘ngra yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan deputatga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bo‘lajak quruvchilar muloqot chog‘ida ko‘plab dolzarb masalalar yuzasidan o‘zlarining taklif va mulohazalarini ham bildirib o‘tdilar. 3 nafar talabalarning turli xil muammolar yuzasidan qilgan murojaatlari esa deputat nazoratiga olinadigan bo‘ldi.
Xolbek ASATOV,
Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti Siyosiy ta’lim va deputatlik guruhlari bilan ishlash bo‘limi mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Karmanalik ishbilarmon xotin-qizlar saralanyapti
03.05.2024, 16:17
-
Yoshlar o‘zaro bellashdilar
03.05.2024, 14:16
-
Xalqaro investisiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi, yanada yuksak bosqichga olib chiqadi
03.05.2024, 09:34
-
Xalqaro investitsiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqadi
02.05.2024, 16:34
-
Navoiylik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
02.05.2024, 16:27
Fikringizni qoldiring