Deputat aholi muammolari va takliflari tingladi
21.04.2024, 11:36
Ayni paytda joylarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hududlarda saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil qilyapti.
Xususan, parlament quyi palatasi deputati To‘lqinjon Karimov Marhamat tumanidagi “Qoraqo‘rg‘on” va “Sho‘rqaqir” mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda Marhamat tumani hokimi B.Yuldashev, mahalliy Kengash deputatlari, tuman partiya vakillari, OMQP deputat yordamchisi M.Gulmatova, mahalla oqsoqollari, yoshlar yetakchilari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari qatnashdilar.
Uchrashuvda xalq vakili ayni kunlarda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, xususan “O’zbekiston-2030” strategiyasining ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilingan qonunlar va ularning jamiyat farovonligini ta’minlash hamda odamlar hayotini yaxshilashda tutgan o‘rni va ahamiyati, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘zgarish va yangilanishlar, fuqarolar yaxshi yashashi uchun qilinayotgan ishlar bo‘yicha tushunchalar berildi. Uchrashuv davomida aholi muammolari, takliflari ham tinglandi.
Xususan, bir nechta ko‘chalarning yo‘llarini yaxshilash, elektrdagi muammolar, sim yog‘ochlarni almashtirish, ishsizlik masalalari, Marhamat tumanidagi 31-sonli maktabga zamonaviy futbol, voleybol maydonchalarini qurish bo‘yicha aholi fikrlarini tinglandi va yozib olinib nazaratga olinishi bildirildi.
Uchrashuvlar davomida deputat T.Karimov shoir Muhammad Yusuf qabrlarini ziyorat qildi.
Xalq vakilining saylovchilar bilan uchrashuvlari davom etmoqda.
O'xshash yangiliklar
-
Karmanalik ishbilarmon xotin-qizlar saralanyapti
03.05.2024, 16:17
-
Yoshlar o‘zaro bellashdilar
03.05.2024, 14:16
-
Xalqaro investisiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi, yanada yuksak bosqichga olib chiqadi
03.05.2024, 09:34
-
Xalqaro investitsiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqadi
02.05.2024, 16:34
-
Navoiylik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
02.05.2024, 16:27
Fikringizni qoldiring