Gulchilar faoliyati o‘rganildi

21.04.2024, 13:44

Gulchilar faoliyati o‘rganildi

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisi, xalq noibi Xurshidaxon Xalilova boshchiligidagi ishchi guruhi Asaka tumanida bo‘lib, “Ulug‘bek” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat olib borayotgan tadbirkor Maxmudjon Yoqubjonov xonadonida “Mening serdaromad bog‘im” loyihasi doirasida  ochiq muloqot o‘tkazdi.

Dastlab partiya faollari issiqxona faoliyati bilan tanishdi,  ishchilar bilan muloqot qildi. Aholi farovonligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadigan bunday issiqxonalar tarmog‘ini yanada kengaytirish kerakligini ta’kidlashdi.

“2010 yilda atigi 2 ta issiqxona bilan faoliyatimizni boshlagan edik. Avvaliga farzandlarimizni yonimizga oldik. Faoliyatimizni kengaytirgach, mahalladagi ishsiz yoshlarni, xotin-qizlarni jalb qildik. Hozir 8 ta 5 sotixlik maydonda issiqxona barpo etganmiz. Hozir asosan turli xildagi gul ko‘chatlarini yetishtiryapmiz”, – deydi M.Yoqubjonov.

Guvohi bo‘lganingizdek, tumanda tomorqa madaniyati yildan-yilga yuksalib, oilalar daromadi oshmoqda. Chunki asakaliklar tomorqadan unumli foydalanish hadisini olgan.

  • Ko'rildi
    32
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+