Chekka qishloqlarda yashovchi xotin-qizlar uchun tibbiy ko‘rik tashkil qilindi
21.04.2024, 13:51
O’zLiDeP Jizzax viloyati hududiy partiya tashkiloti bu yerda“Ayollar qanoti” guruhi hamda partiya Baxmal tuman bo‘limi tashabbusi bilan “Sog‘lom oila-mustahkam oila!” loyihasi doirasida tumandagi “Grand Medikal Sentre” ko‘p tarmoqli xususiy klinikasi va diagnostika markazida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Taniqli shifokor Asqar Safarov rahbarlik qilayotgan va 2020 yildan buyon aholiga sifatli tibbiyot xizmatlarini ko‘rsatib kelayotgan mazkur klinikada 11 nafar malakali shifokorlar hamda 20 nafar o‘rta tibbiyot xodimlari xizmat qiladi. Ta’kidlash lozimki, mazkur klinika bilan O’zLiDeP Jizzax viloyati hududiy partiya tashkiloti “Ayollar qanoti” guruhi o‘rtasida doimiy aloqalar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu yerda ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oila a’zolari uchun bepul ko‘riklar muntazam ravishda o‘tkazib kelinadi.
Chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik davomida ushbu hududdagi Fayzobod, Oqtosh MFY va O’smat shaharchalarida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan, ehtiyojmand, 45 nafarga yaqin uy bekalari qamrab olindi.
Tibbiy ko‘rik davomida zamonaviy uskunalar tekshiruvi va shifokorlari qabulida bo‘lgan xotin-qizlar malakali mutaxassislar ko‘rigidan o‘tib, kerakli tavsiyalar oldilar.
Eslatib o‘tamiz, loyiha doirasida bunday bepul tibbiy ko‘riklar viloyatning boshqa tuman va shaharlarida tashkil etilmoqda.
Saida Umaraliyeva,
O’zLiDeP Jizzax viloyati hududiy partiya tashkiloti
“Ayollar qanoti” guruhi rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Karmanalik ishbilarmon xotin-qizlar saralanyapti
03.05.2024, 16:17
-
Yoshlar o‘zaro bellashdilar
03.05.2024, 14:16
-
Xalqaro investisiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi, yanada yuksak bosqichga olib chiqadi
03.05.2024, 09:34
-
Xalqaro investitsiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqadi
02.05.2024, 16:34
-
Navoiylik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
02.05.2024, 16:27
Fikringizni qoldiring