Marg‘ilonning eng ishbilarmon ayollari aniqlanmoqda

06.06.2024, 11:11

Marg‘ilonning eng ishbilarmon ayollari aniqlanmoqda

Marg‘ilon shahridagi “Ijodkorlar bog‘i”da O’zLiDePning “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovi Marg‘ilon shahar bosqichi o‘tkazildi.

Marg‘ilon shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan tanlovni shahar hokimi Sh.Nisbatxonov kirish so‘zi bilan ochib, ushbu ko‘rik-tanlov yurtimiz iqtisodiyoti, kichik biznes va xususiy sektorning rivojlanishida faol ishtirok etayotgan shijoatli, tashabbuskor xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning vatanimiz kelajagi yo‘lidagi intilishi, izlanishlaridagi faol ishtirokini rag‘batlantirish, bugunning zamonaviy tadbirkor ayol qiyofasini yaratish maqsadida o‘tkazilayotganini ta’kidladi.

Tanlov doirasida tashabbuskor ishbilarmon, tadbirkor ayollar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.  Ko‘rgazma pavilonlarida tadbirkor, ishbilarmon, xunarmand xotin-qizlar rahbarlik qilayotgan MChJ, oilaviy korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, qo‘l mehnati buyumlari, to‘quvchilik, badiiy bezak san’ati singari hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

Hakamlar hay’atining yakuniy xulosalariga ko‘ra, tanlovda 1-o‘rinni “Rizo teks sanoat” MChJ rahbari Dildora Saidahmedova, 2-o‘rinni xususiy tadbirkor, mohir hunarmand Ozodaxon Madaminova hamda faxrli 3-o‘rinni “Mohirabonu fayz shirinliklari” oilaviy korxonasi rahbari Ra’noxon Xalilovalar qo‘lga kiritib, tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etishga yo‘llanma oldilar.

 

  • Ko'rildi
    30
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+