O‘zLiDeP delegatsiyasi xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etdi

21.06.2024, 13:03

O‘zLiDeP delegatsiyasi xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etdi

Xitoyning Tyanszin provinsiyasi milliy ko‘rgazmalar zalida shu yilning 20 iyun kuni hayotning turli jabhalarida sun’iy intellektni rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbollariga bag‘ishlangan «World Intelliqent Expo 2024» xalqaro ko‘rgazmasi ochildi. Unda dunyoning yetakchi olimlari, ekspertlar, sanoat vakillari, raqamli texnologiyalar sohasida faoliyat yuritayotgan yetakchi tahliliy markazlar va OAV vakillari ishtirok etmoqda.

Mazkur ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qo‘mita raisi, partiya  fraksiyasi a’zosi Ravshan Mamutov boshchiligida  O‘zLiDeP hamda Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining qo‘shma delegatsiyasi ham qatnashdi.

Delegatsiya rahbari «World Intelliqent Expo 2024» ko‘rgazmasining ochilishidagi nutqida O‘zbekiston va Xitoy  o‘rtrasidagi munosabatlar  tobora rivojlanib, yangi tarixiy cho‘qqilarni zabt etayotganini ta’kidladi. Bularning barchasi  mamlakatlar rahbarlari Shavkat Mirziyoyev va Si Szinpin o‘rtasidagi ishonchli muloqot samarasidir.

O‘zbekiston bizning muhim tashqi iqtisodiy hamkorimiz bo‘lgan Xitoy kabi xorijiy sarmoyadorlar uchun ishonchli va uzoq muddatli do‘st bo‘lib qoladi.

Xususan, O‘zbekiston bozor munosabatlarini rivojlantirish, sarmoyadorlar huquqlarini ishonchli himoya qilish, qulay investisiya va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirish, adolatli raqobat uchun keng imkoniyatlar va sharoitlar yaratish, xususiy mulk daxlsizligi va mustaqil sud tizimini ta’minlashni kafolatlaydi. Bu borada O‘zLiDeP uchun Xitoyning keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish, korrupsiya va qashshoqlikka qarshi kurashishdagi tajribasi juda qiziq albatta.

«World Intelliqent Expo 2024» ko‘rgazmasida ishtirok etish nafaqat XXRning ilg‘or tajribasi bilan tanishish, balki shuningdek, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida tijoriy hamkorlikni kengaytirish imkonini ham beradi, bu esa, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi bozor operatsiyalari samaradorligini oshiradi.

Ta’kidlash joizki, 100 ming kv. metrlik ko‘rgazma maydonida 10 ta mavzuga oid ko‘rgazma zonalari, xususan sun’iy intellekt, sun’iy intellekt bilan jihozlangan avtomobillar va robot texnikasi, intellektual boshqaruv va uchuvchisiz samolyotlar parvozlari bo‘yicha maydonchalar tashkil etilgan. Ko‘rgazmada Xitoy va dunyoning 550 ta korxonalari, jumladan 500 ta eng yaxshi korxonalar, ilmiy-tadqiqot institutlari va universitetlarining ilg‘or texnologiyalari namoyishga qo‘yilgan.

Ko‘rgazmaning ahamiyati XXR rahbari Si Szinpinning tabrik so‘zida ta’kidlangan. Unda sun’iy intellekt global iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish, insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyotiga chuqur ta’sir ko‘rsatuvchi ilmiy-texnik inqilob va sanoat o‘zgarishlarining muhim harakatlantiruvchi kuchi sifatida tavsiflanadi.

Bugungi kunda bu internet, katta ma’lumotlar, sun’iy intellekt texnologiyalari va iqtisodiyot integratsiyasiga taalluqli, intellektual sohalarni rivojlantirish va yangi sifatdagi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishini rag‘batlantiradi. Ayni damda, yuksak ilmiy darajadagi bu kabi tadbirlarning o‘tkazilishi XXRning insonlar farovonligi yo‘lida raqamlashtirish imkoniyatlaridan foydalanish maqsadida barcha davlatlar bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini ko‘rsatadi.

Ushbu ko‘rgazma maqsadlaridan biri akademik almashinuvlar uchun global platformani yaratish, intellektual texnologiyalar sohasida innovatsiyalar va biznesni rivojlantirish, ilm-fan va intellektual tajribaning interfaol vitrinalar ko‘rinishidagi uyg‘unlashuvidir.

O‘zLiDeP matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    23
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+