Marg‘ilon shahridagi tadbirkorlik sub’yektida partiyaning quyi bo‘g‘ini tashkil eildi

12.06.2024, 12:17

Marg‘ilon shahridagi tadbirkorlik sub’yektida partiyaning quyi bo‘g‘ini tashkil eildi

Partiya xodimlari tomonidan aholi o‘rtasida partiyaning dasturiy maqsadlari keng ko‘lamda targ‘ib qilinmoqda. Olib borilgan tushuntirish-targ‘ibot ishlari samarasi o‘laroq xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida tadbirkorlik keng rivojlanib, maslakdoshilarimiz o‘z biznesini yo‘lga qo‘ymoqda.
Marg‘ilon shahar "RIZO SANOAT TEX" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Dildora Saidahmedova Marg‘ilon shahridagi Tadbirkorlar uyi binosidan joy olib, tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.
15 nafar ayol-qizlarni yoniga olib, ish bilan ta’minladi. Oylik 8-10 ming dona erkak va ayollar kiyimlari tayyorlanmoqda. “Sarobil” brendi ostida chiqayotgan mahsulotlar mahalliy bozorga yetkazib berish bilan birga Qozog‘iston va Rossiyaga ham eksport qilinmoqda.
Mazkur korxonada o‘tkazilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida xodimlarni aksariyati partiya maqsad va g‘oyalariga xayrihohligini bildirib, partiyaga a’zo bo‘lish istagini bildirdilar.
O‘zLiDeP Marg‘ilon shahar Kengashi vakillari ishtirok etgan yangi "RIZO SANOAT TEX" mas’uliyati cheklangan jamiyatida boshlang‘ich partiya tashkilotining ta’sis yig‘ilishida yangidan partiya safiga qabul qilingan a’zolarga a’zolik guvohnomalari taqdim etilib, mazkur MCHJ rahbari Saidahmedova Dildora boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi etib saylandi.

  • Ko'rildi
    24
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+