Buxorolik talaba yoshlar ishtirokida “Parlamentda yoshlar o‘rni” loyihasi doirasida muloqot o‘tkazildi

15.06.2024, 11:21

Buxorolik talaba yoshlar ishtirokida “Parlamentda yoshlar o‘rni” loyihasi doirasida muloqot o‘tkazildi

Buxoro davlat universitetida Yoshlar oyligi munosabati bilan O’zLiDePning “Parlamentda yoshlar o‘rni” loyihasi doirasida talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda partiya viloyat va Buxoro shahar Kengashi faollari, talaba-yoshlar va “Yoshlar qanoti” guruhi a’zolari ishtirok etdilar.

Uchrashuvni partiya viloyat Kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Obidjon Xamidov kirish so‘zi bilan ochib, 2024 yilning aynan “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb nomlanishi tadbirkorlik sohasining navqiron vakillari, shuningdek, ta’lim muassasalari talaba-yoshlarini ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy muhofaza qilish borasidagi ishlarini davr talablaridan kelib chiqqan holda tashkil etishni imkonini berishi, bir qator partiyaviy loyihalar, xususan, “Parlamentda yoshlar o‘rni” istiqbolli loyihasining ijrosi bu borada muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi.

Yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda so‘zga chiqqan O’zLiDeP viloyat Kengashi raisi birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari, xalq deputati viloyat Kengashi deputati Bobomurod Ochilov yoshlar hayoti va faoliyatiga oid qonunchiligidagi so‘nggi yangiliklar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. O'zLiDePning g‘oyaviy maqsadlari, yoshlarni huquqiy bilimlarini yanada oshirish va ularning intellektual salohiyatining o‘sishga ko‘maklashish masalasi partiya mas’ullarining doimiy e’tiborida ekanligini, yoshlarning dahldorlik hissini kuchaytirishda partiyaviy loyihalarning ahamiyati beqiyosligini alohida ta’kidladi.

Partiya Buxoro shahar Kengashi raisi o‘rinbosari Mamlakat Sodiqova o‘z so‘zida yigit qizlarning huquqiy bilimlarini oshirish, siyosiy savodxonligini kuchaytirish, intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan bunday uchrashuvlar hech shubhasiz, kelajakda ular orasidan eng munosib nomzodlarni deputatlikka saylash imkonini berishi bilan ahamiyatli ekanligini tilga olib o‘tdi.

Uchrashuv doirasida yoshlarning qonun ijodkorligiga oid savollariga tashkilotchilar tomonidan batafsil javoblar berildi.

  • Ko'rildi
    9
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+