Mahallalardagi ishbilarmon ayollar aholi bandligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shishmoqda

05.07.2024, 14:01

Mahallalardagi ishbilarmon ayollar aholi bandligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shishmoqda

“Ishbilarmon ayol – 2024 “ ko‘rik -tanlovining mahallalarda bo‘lib o‘tayotgan saralash bosqichlari, tadbirkor ayollarimizga xos ko‘plab ijobiy fazilatlarni namoyon qilish  bilan birgalikda, ularning joylarda yangi ish o‘rinlari yaratib, aholi bandligiga munosib hissa qo‘shayotganliklarini ham ko‘rsatib bermoqda.

          Zafarobod tumanidagi mahallalarda ishbilarmon ayollar faoliyati bilan tanishish jarayonida ham bu hol  yaqqol ko‘zga tashlandi.

          Jumladan, “Yorqin” ShFY hududidagi “Bog‘ boshi” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi rahbari  Sagadat Xalimova  20 nafar doimiy, 50 nafardan oshiq mavsumiy ish o‘rinlari yaratgan bo‘lsa, “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat olib borayotgan yakka tartibdagi tadbirkor Shiringul Toshboyeva 8 nafar kishini ish bilan ta’minlabgina qolmay, gulchilik, tikuvchilik, milliy bezak va hunarmandchilik yo‘nalishlarida 60 nafardan oshiq xotin-qizlarni o‘qitib, ularning kasb-hunarli bo‘lishlariga yordam berdi.

          Tumanda tanlovning  mahallalardagi saralash  bosqichida g‘olib  deb topilgan  - Bo‘stonlik Zahro Sarimsoqova, “ Samarqand” MFYda faoliyat olib borayotgan Shiringul Toshboyeva, “Uzun” QFYdagi Dilorom Do‘stova, Cho‘ligulistonlik Umida Haydarova, Lolazorlik Surayyo Mamayeva, “Chimqo‘rg‘on” mahallasidagi Malika Ablakimova, Nurafshonlik Jannat Karimova, “Pistalikent” ShFYdagi Guljahon Jahongirova va “Birlik” qishloq fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi Zuhra Xudayqulovalar ham turli yo‘nalishlarda muvaffaqiyatli faoliyat olib borish bilan birga, yangi ish o‘rinlari yaratib,   aholi bandligini ta’minlashga ham munosib hissa qo‘shishmoqda.

          Endilikda ular tanlovning tuman bosqichida o‘zaro ballashadilar.

O'zLiDeP Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    25
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+