Deputatlik eshituvi: Elektr tarmoqlari korxonasi 15 ta murojaatni qachon hal qiladi?

05.07.2024, 14:01

Deputatlik eshituvi: Elektr tarmoqlari korxonasi 15 ta murojaatni qachon hal qiladi?

Mutasaddi o‘z hisobotida ta’kidlab o‘tganidek, Sharof Rashidov tuman elektr ta’minoti korxonasida, jami 47816 ta iste’molchi bo‘lib, shundan 2518 tasi ulgurji, 45298 tasi maishiy iste’molchilar hisoblanadi.

 Sharof Rashidov tumanida 766 dona transformator punktlari mavjud. Tuman hududidagi 52.5 km- 10/0.4 kVli havo tarmog‘i va 18 dona transformator punktlari mukammal ta’mirlangan bo‘lsa, 124.4 km  -10/0.4 kVli havo tarmog‘i va 37 dona transformator punktlari joriy ta’mirlandi.

Shuningdek, 2024 yilning o‘tgan oylari mobaynida  O’zbekiston  Respubliksi Prezidentining Xalq qabulxonasi, O’zbekiston  Respublikasi Bosh  Prokuraturasining ishonch telefoni, Jizzax  viloyati  xokimligidan  kelgan  jami  murojaatlar soni 446 ta bo‘lib, shundan 130 ta murojaatga huquqiy tushuncha berilib, 301 tasi ijobiy hal etilgan. Qolgan 15 tasi joyida  o‘rganilmoqda.

Yig‘ilish davomida mutasaddining hisobotini qoniqarli, deb topgan deputatlar, tumanda elektr energiyasi ta’minotidagi ishlar holatini yanada oshirish orqali aholi qulayliklar yaratish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirib o‘tdilar. Bildirilgan fikr va mulohazalar, takliflar umumlashtirilib, mazkur sohada amalga oshirilgan ishlarni deputatlik va jamoatchilik nazoratiga olish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xolbek Asatov

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Siyosiy ta’lim va deputatlik guruhlari bilan

ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    27
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+