Kattaqo‘rg‘onlik yoshlarga Prezident Murojaatnomasi targ‘ibot qilindi
15.01.2019, 15:32
O‘zLiDeP Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi hududdagi “Nokus” MFYda Prezidentimizning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etdi.
Tadbirda so‘z olgan Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Furqat Nadjimov Murojaatnomaning mazmun-mohiyati haqida yoshlarga batafsil ma’lumotlar berdi.
–Murojaatnomada yoshlar hayotiga doir ko‘plab dolzarb vazifalar belgilab berildi, – deydi F.Nadjimov. – Ayniqsa, yosh avlod tarbiyasi, ularning teran aql-idrok, yuksak ma’naviyat sohibi bo‘lib kamol topishida siyosiy partiyalarning o‘rni, yoshlarni turli oqim va illatlar ta’siridan asrash borasida mas’uliyatini oshirish bo‘yicha bildirgan fikrlari juda o‘rinli bo‘ldi. Endi mazkur vazifalar ijrosini ta’minlashga jiddiy kirishish lozim.
Tadbirda yoshlarga “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturi loyihasi haqida ham ma’lumotlar berildi, bu borada yoshlarning takliflari olindi.
O‘zLiDeP Samarqand viloyat kengashi
matbuot xizmati
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yuksak xalqaro mukofotni topshirish marosimidagi nutqi
20.12.2023, 15:39
-
O‘zbekiston Prezidenti iqlim sohasidagi global kun tartibi doirasida qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi
04.12.2023, 10:21
-
O‘zbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
06.11.2023, 10:30
-
“Yashil ipak yo‘li”ni barpo etish yo‘lidagi muhim tashabbuslar va samarali muloqotlar
20.10.2023, 10:04
-
O‘zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so‘zladi
21.09.2023, 09:50
Bildirilgan fikrlar
Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2019-01-15 18:09:22
Президентимизнинг Олий Мажлисга қилган Мурожаатномаси тарғиботига бағишланган тадбирларни ташкил этиш, бу борада амалий ишларни олиб бориш партиямиз ҳар бир фаолининг, партиядан сайланган ҳар бир депутатнинг доимий иш бўлиши зарур ва шарт! Бу борада Каттақўрғонлик партиядошларимиз томонидан олиб борилаётган ишлар таҳсинга сазовор.