Oqoltinlik tadbirkorlar uchun master-klass
26.01.2018, 16:55
O‘zLiDeP Sirdaryo viloyati Kengashi tashabbusi bilan “Peng-Sheng” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi, “Mega lyuks”, “Sirdaryo quyon eksport”, “Sirdaryo Golden Frutis” MChJlar bilan hamkorlikda oqoltinlik 25 ta tadbirkorlar uchun amaliy seminarlar bo‘lib o‘tdi.Tadbirda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari hamda oziq-ovqat, kimyo, farmatsevtika sanoati va boshqa ishlab chiqarish sohalari vakillari ishtirok etdi.
– Kuni kecha qabul qilingan Davlat dasturida mamlakatimizda faol tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay huquqiy, tashkiliy sharoitlar yaratadi, – deydi “Peng Sheng” qo‘shma korxonasi rahbari o‘rinbosari M.Karimov. – Jumladan, ishlab chiqarishga innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni joriy qilish, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga noqonuniy aralashishlarning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirilayotgani, soliq va bojxona siyosatini va bank-moliya sohasini erkinlashtirilishi xorijiy investorlar tomonidan ham yuksak baholanmoqda. Mazkur omillar mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshiradi.
Tadbirda Davlat dasturida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy salohiyatini yanada oshirish, tovarlarning raqobatbardoshligini taminlash borasida belgilangan vazifalar ham keng muhokama etildi.
O‘zLiDeP Sirdaryo viloyati
Kengashi matbuot xizmati
O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Deputat mahalla yettiligi faoliyatini tanqidiy o‘rgandi
16.05.2024, 13:05
-
Oila - muqaddas va ulug‘ dargoh
16.05.2024, 12:38
-
Deputat ehtiyojmand oilalarga quvonch ulashdi
16.05.2024, 12:34
-
Monomarkaz — kasbga tayyorlashning samarali yo‘li
16.05.2024, 12:23
-
Ipak qurti boqsangiz mehnat stajiga ega bo‘lasiz va nafaqa olishingiz mumkin
16.05.2024, 12:11
Fikringizni qoldiring