Tadbirkorlar uchun ilmiy-amaliy seminarlar

02.11.2017, 18:10

Tadbirkorlar uchun ilmiy-amaliy seminarlar

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish borasida muntazam uchrashuv va amaliy seminarlar o‘tkazib kelinmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Xonqa shaharchasi “Ezgulik” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tdi. “Innovatsion texnologiyalar – kichik va oilaviy biznesni rivojlantirish uchun imkoniyatlar” mavzusidagi amaliy seminarda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi farovonligini yuksaltirish, xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. 

Amaliy seminarda O‘zLiDeP Xonqa tuman Kengashi raisi F. Karimov Prezidentimizning 2016 yil 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim dasturilamal bo‘layotgani haqida  so‘z yuritdi.

Shuningdek, amaliy seminarda, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, tumanda oilaviy tadbirkorlik sub’ektlarning mahsulot ishlab chiqarish va aholiga xizmat ko‘rsatish borasidagi faoliyati yuzasidan xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati N. Masharipovaning ma’ruzasi tinglandi.

Tadbir yakunida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolarga mutaxassislar tomonidan zarur maslahatlar berildi, biznes-reja ishlab chiqish tartibi tushuntirildi. Bu kabi ilmiy, amaliy seminarlar viloyatimizdagi barcha tumanlarida bo‘lib o‘tmoqda

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1442
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+