Quyi bo‘g‘in yetakchisi ogohlantirildi

20.02.2018, 15:29

Quyi bo‘g‘in yetakchisi ogohlantirildi

“O‘zbek-Invest” eksport-import milliy sug‘urta  kompaniyasi Andijon viloyat filiali qoshidagi O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkilotining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi” da belgilab berilgan ustuvor vazifalar muhokama etildi.

– Kun tartibidagi masalalar yuzasidan atroflicha suhbatlashgach, kompaniyadagi BPT faoliyati tanqidiy tahlil etildi, – deydi partiya Andijon shahar Kengashi ijrochi kotib Basriddin Yusupov. – Tahlillar tayanch bo‘g‘in faoliyati qoniqarsiz ekanini ko‘rsatdi. Quyi bo‘g‘inning siyosiy jarayonlardagi ishtirokini kuchaytirish va a’zolar safini kengaytirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Tadbir yakunida BPT raisi Odilxon Zuhriddinovga ogohlantirish berildi va partiya shahar Kengashi bilan hamkorlikda muntazam ravishda quyi bo‘g‘in a’zolarining siyosiy bilimlarini oshirish maqsadida seminar-treninglar o‘tkazib borishga kelishib olindi.

Ravshanbek ABDURAHIMOV,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

huzuridagi STM rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1352
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+