Yoshlarga oid davlat siyosati – taraqqiyotning muhim omili

20.02.2018, 17:14

Yoshlarga oid davlat siyosati – taraqqiyotning muhim omili

2016 yil 14 sentabr kuni “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinishi yoshlarning huquqiy imkoniyatlarini yanada mustahkamlash bilan birga, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tardi. O‘tgan davr mobaynida yurtimizda mazkur qonun ijrosini ta’minlash borasida davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Xalq deputatlari Asaka tuman Kengashida O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari va partiya faollari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda bu haqda alohida ta’kidlandi.

– Mamlakatimizda yoshlarni ma’nan yetuk, jismonan sog‘lom, vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, ularning huquqiy manfaatlarini himoya qilish eng muhim vazifalardan sanaladi, – deydi Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi deputati Bahodir Ahmedov. – Shu bois, ayni vaqtda yosh avlodning komil inson bo‘lib voyaga yetishi, zamonaviy kasb-hunar sohibi bo‘lishi va jamiyat hayotida o‘z o‘rnini topishi uchun partiyamiz tomonidan izchil islohotlar hayotga tatbiq etib kelinmoqda. Zero, mamlakatning ertangi taqdiri yoshlar qo‘lida ekan, biz ularning har tomonlama sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishlari uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etishga tayyormiz.

Tadbirda yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ongi va qalbida mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik, milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hissini qaror toptirish va rivojlantirishga qaratilgan ishlar rejasi ham tasdiqlab olindi.

Boburmirzo XOJIAKBAROV,

O‘zLiDeP Asaka tuman Kengashi

apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    8551
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Nigoraxon Ibodova2018-10-08 20:05:04

Assalomu aleykum meni savolim shunday ediki, yoshlarga oid davlat siyosati qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 12-avgustda qabul qilingan. Senat tomonidan 2016-yil 24-avgustda ma'qullangan ekan. Lekin ko'p ma'lumotlarda manbaalarda 14-sentabr deya ta'kidlanmoqda? Shuni boisini tushuntirib bersangiz! Nigoraxon Ibodova Uchtepa tumani 193-maktab 9-"v"sinf o'quvchisi


Fikringizni qoldiring

+