Sayyor qabulda ishtirok etgan Dilnoza Uzaqova 11-maktabgacha ta’lim muassasasiga ishga joylashdi (foto)

22.02.2018, 16:27

Sayyor qabulda ishtirok etgan Dilnoza Uzaqova 11-maktabgacha ta’lim muassasasiga ishga joylashdi (foto)

Rishton tumanidagi “Chek-Jalayer” MFYda yashovchi Tojali Ermatov o‘z hududida xususiy maktabgacha ta’lim muasassasi qurish uchun yer maydoni so‘rab tegishli tashkilotlarga murojaat qilganiga ancha bo‘ldi. Biroq sal kam bir yil bo‘lishiga qaramay, uning murojaati hozirga qadar hal etilgani yo‘q.

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi tashabbusi bilan Rishton tumanidagi “Chek-Jalayer” MFYda tashkil etilgan sayyor qabuldan so‘ng uning bu muammosi tez kunlarda hal etiladigan bo‘ldi.

Shu hududda yashovchi Abdurasul Islomov, Xayrinso Mirzayeva va Xilola Yuldashevalar imtiyozli narxlarda beriladigan gaz ballonlarini yetkazib berish bo‘yicha muammolar yig‘ilib qolganidan shikoyat qilishdi. Ularning murojaatini tuman “Vodiygazta’minot” unitar korxonasi boshlig‘i Jamoldin Matislomov zimmasiga olib, bir hafta ichida muammoni hal etib berishga va’da berdi.

Rishtonlik Dilnoza Uzaqova ham sayyor qabulga o‘z muammosiga yechim topish umidida kelgan edi. U 2011 yildan buyon ish so‘rab bir necha tashkilotlar eshigiga borganini aytdi. Sayyor qabul davomida uning muammosi ham hal etilib, tumandagi 11-maktabgacha ta’lim muassasasiga yordamchi tarbiyachi lavozimiga ishga joylashdi.

Sayyor qabulda yuqoridagi kabi 10 dan ortiq muammo va takliflar eshitildi. Xalq deputatlari tuman va viloyat Kengashlaridagi O‘zLiDeP deputatlik guruhlari har bir murojaatni deputatlik nazoratiga olishdi.

Eslatimiz o‘tamiz, bunday sayyor qabullar viloyatning barcha tumanlarida bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi

 matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1721
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+