Bulung‘urda “Yosh liberallar” klubi tashkil etildi

06.11.2017, 18:44

Bulung‘urda “Yosh liberallar” klubi tashkil etildi

O‘zLiDeP Bulung‘ur tuman Kengashida “Yosh liberallar” klubi tashkil etildi.

Ta’sis yig‘ilishida so‘zga chiqqan partiya Samarqand viloyat Kengashi yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Farid Hasanov “Yosh liberallar” klubining maqsad va vazifalari, klubga a’zo bo‘lish, a’zolarning huquq va majburiyatlari haqida  ma’lumot berdi. “Yosh liberallar klubi” ning “Kelajak deputatlari” va “Yosh tadbirkorlar muammolarini o‘rganish” guruhlari faoliyatini amalga oshirish jarayonlariga to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir so‘ngida, eng faol, tashabbuskor, yetakchi yoshlar orasidan o‘ttiz nafari O‘zLiDeP tuman Kengashining “Yoshlar qanoti” qoshida tashkil etiladigan “Yosh liberallar klubi” a’zoligiga qabul qilindi. Klub rahbari vazifasiga Bulung‘ur milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji yoshlar yetakchisi Begali Eliboyev munosib teb topildi va unga ishonch bildirildi.

O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1505
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+