O‘zLiDeP tashabbusi bilan Andijonda 300 nafar ayollar bepul skrining tekshiruvidan o‘tkazildi

24.02.2018, 14:20

O‘zLiDeP tashabbusi bilan Andijonda 300 nafar ayollar bepul skrining tekshiruvidan o‘tkazildi

Gulrabo Sotvoldiyeva Oqtepa qishlog‘i, Bo‘ston mahallasida istiqomat qiladi. 1991 yilda tug‘ilgan. Homiladorlikdagi o‘tishi zarur bo‘lgan skrining tekshiruvidan o‘tish uchun Andijon shahriga borishiga masofa olislik qilayotgandi.

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi Ayollar qanoti tomonidan viloyat Ona va bola skrining markazi bilan hamkorlikda Oltinko‘l tumanining chekka Oqtepa qishlog‘idagi tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 42-oilaviy poliklinikada tashkil qilingan bepul tibbiy ko‘rik Gulrabo singari kelinchaklar uchun ayni muddao bo‘ldi.

– Oilaviy poliklinika ro‘yxatidagi 4134 nafar tug‘ish yoshidagi ayollardan 300 nafari bugun skrining (UZI) tekshiruvidan o‘tdilar, – deydi viloyat Ona va bola skrining markazi vrach-ginekologi Yulduzxon Qubbiyeva. – Ularning 167 nafari homilador ayollar bo‘lib, aniqlangan xastaliklar bo‘yicha 1 nafari statsionar, 25 nafari ambulator davolanishga jalb qilindi. Bundan tashqari, kelinlarga homiladorlikning 16-20 hafta oralig‘ida albatta markazimizga borib bioximik tekshiruvdan o‘tishlari zarurligi aytildi.

– Yoshim 62 da, – deydi Katta oqtepa mahallasida yashovchi Adolatxon Abdurasulova. – Yoshim katta bo‘lgani uchunmi doim ham tibbiy ko‘rikdan o‘tolmayman. Bugun anchadan buyon bezovta qilayotgan o‘t pufakdagi dimlanish sababini bildim. Shifokor nazoratida ambulator davolanishim zarur ekan.

Ayollar qanotining viloyat Ona va bola skrining markazi bilan hamkorlikda o‘tkazilishi rejalashtirilgan mazkur tizimli tibbiy ko‘riklari joylarda davom etmoqda.

Umidaxon Isayeva,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

Ayollar bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1403
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+