Sayyor qabuldan so‘ng “Yonbosh” qishlog‘i va tuman markazini bog‘laydigan avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

27.02.2018, 19:48

Sayyor qabuldan so‘ng “Yonbosh” qishlog‘i va tuman markazini bog‘laydigan avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Burgansoy” MYFda tashkil etilgan navbatdagi sayyor qabul aholi murojaatlarini tahlil qilishga imkon yaratdi. Qabulda tumandagi “Yonbosh – Payshanba” qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqarolar qishloq bilan tuman markazini bog‘lovchi avtobus qatnovi yetarli emasligidan shikoyat qilishdi. Bu masala bo‘yicha qishloq ahli tegishli mutasaddilarga murojaat yo‘llagan bo‘lsa-da, hozirga qadar ularning murojaati qanoatlantirilmagani aniqlandi.  

Sayyor qabulda keng muhokama qilingan bu muammo tadbirkor O.Umarov tashabbusi bilan tez kunlarda hal etiladigan bo‘ldi.

– Kimningdir og‘irini yengil qilish, eng avvalo, hammamizning insoniy burchimizdir, – deydi O‘zLiDeP Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi apparat rahbari Ya.Toshonov. – Muloqotlardan pirovard maqsad ham shu. Shu bois sayyor qabullar davomida aholi tomonidan ko‘tarilayotgan  muammolarni imkon qadar joyida hal etishga harakat qilyapmiz. Bugungi qabul davomida ham 10 dan ortiq murojaatlar shu yerning o‘zida yechim topdi. Qolganlarining ijrosi qat’iy nazoratga olindi. 

  Muloqot yakunida ko‘plab murojaatlar ko‘rib chiqildi. Ularning salmoqli qismi belgilangan tartibda hal etildi.

       O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1662
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+