Sayyor qabuldan so‘ng urgutlik E.Hasanovning murojaati hal etiladigan bo‘ldi

28.02.2018, 15:44

Sayyor qabuldan so‘ng urgutlik E.Hasanovning murojaati hal etiladigan bo‘ldi

Bugun odamlar joylarda deputatlar, partiya faollari bilan o‘tkazilayotgan muloqotlardan xursand. Zero, muloqotlar davomida anchadan buyon fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarga qisqa fursatda yechim topilayapti.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal- demokratik partiyasi Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan sayyor qabulning navbatdagisi Urgut tumanidagi “Do‘stlik” MFYda bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabulda turli sohalar vakillari ishtiroki ta’minlanganligi odamlarni ko‘plab muammolarini bartaraf etish imkonini berdi. Eng muhimi, bir qator masalalar joyida bartaraf etildi.

– Odamlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yilgani mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf qilishda yaxshi samara berayapti, – deydi Urgut tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari I.Jabborov. –  Bugungi ochiq muloqot ham tumandagi mavjud muammolarni yana bir bor tahlil qilish va aholini qiynab kilayotgan muammolarni bartaraf etish imkonini berdi. Muloqot davomida aholi tomonidan kommunal va uy-joy, ichki yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘rtaga tashlangan murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida hal etildi. Qolganlarining ijrosi qat’iy nazoratga olindi. 

Sayyor qabul davomida tumandagi ijtimoiy-iqtisodiyot va pedagogika kolleji talabasi E.Hasanov “Algar” mahallasidan sartoroshxona ochmoqchi ekanini aytib, tijorat bankidan imtiyozli kredit olishga yordam so‘rab murojaat qildi. Uning murojaatini AT “Mikrokreditbank” tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Azamat Murodov o‘z zimmasiga olib, yaqin kunlarda bu muammoni hal etib berishga va’da berdi.

Muloqotda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga deputatlar, tegishli tashkilotlar rahbarlari tomonidan  atroflicha javoblar oldilar.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

 Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1318
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+