Yosh velosportchilar musobaqasi

28.02.2018, 15:50

Yosh velosportchilar musobaqasi

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan Olmazor tumanidagi 2-sonli bolalar sport maktabida o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida velosport bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.  Unda 12 yoshdan 18 gacha bo‘lgan  sportchilar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar Prezidentimiz rahnamoligida sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani samarasida aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida velosport ham tobora ommalashib borayotganini ta’kidladi.

– Mazkur velomarafon aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda, – deydi Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Sherzod Eshnazarov. – O‘zLiDeP tomonidan ham velosport bo‘yicha musobaqa tashkil etishdan maqsad ham, yoshlarni sog‘lom va baquvvat qilib tarbiyalash, ularda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdir. Zero kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarni ham ma’nan ham jismonan sog‘lom qilib voyaga yetkazish barchamizning burchimizdir.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. 

                                                                                             Murodjon O‘RINOV,

O‘zLiDeP Toshkent shahar

 Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1442
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+