Deputatlik eshituvi: Baliqchida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish borasida qilingan ishlar tahlil qilindi

21.02.2022, 17:07

Deputatlik eshituvi: Baliqchida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish borasida qilingan ishlar tahlil qilindi

Xalq deputatlari Baliqchi tuman Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruxining navbatdagi eshituvida Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlari bo‘yicha axboroti tinglandi.

Ushbu masala bo‘yicha Baliqchi tuman Axborot-resurs markazi direktori J.Karimov hisobot berdi. Hozirgi kunda Axborot-kutubxona markazida 33 678 nusxa bosma adabiyotlar va 318 600 nusxada elektron adabiyotlar mavjud bo‘lib, 2020 yilda  15 428 nafar  kitobxonga xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, 2021 yilda ko‘rsatkich 15 434 nafarni tashkil etdi. Kutubxonadan tashqarida aholini kitobga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida tumandagi hamkor tashkilotlar bilan shartnoma asosida ko‘chma kutubxona va ko‘chma o‘quv zallari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Tumandagi tashkilot va muassasalar, mahalla fuqarolar yig‘inlarida 2020 yilda 16 ta ko‘chma kutubxonalar faoliyat olib bormoqda.

Shuningdek barcha maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Eng kitobxon o‘quvchi”, “Eng kitobxon oila” kabi ko‘rik-tanlovlar o‘tkazildi.

Mutasaddining hisoboti qoniqarli deb e’tirof etgan xalq noiblari eshituv jarayonida sohani yanada rivojlantirish uchun nimalarga e’tibor qaratish zarurligi bo‘yicha bir qator savollar bilan murojaat qildilar.

Kun tartibidagi masala qizg‘in muhokama qilinib, har bir deputat o‘z saylov okrugida yuqoridagi Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini kuchaytirishi, kitobxonlikka bag‘ishlangan tadbirlarda faol ishtirok etish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    493
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+