Quyi bo‘g‘inlar deputatlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

28.03.2022, 16:42

Quyi bo‘g‘inlar deputatlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Marhamat tumanidagi Davlat xizmatlari markazi qoshida faoliyat yuritayotgan OʻzLiDeP boshlang‘ich partiya tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda BPT yetakchisi Nuriddin Sattorov quyi bo‘g‘inning 2021 yildagi faoliyati haqida hisobot berib, 2022 yildagi bajarilishi kerak bo‘lgan ustuvor vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.  

Yig‘ilishda shuningdek, BPTlar bilan ishlashda yangicha uslublardan foydalanish, quyi bo‘g‘inlar samaradorligini oshirish, a’zolar safini yanada kengaytirish, partiya elektorati uchun biznes muhitini yaratish, quyi bo‘g‘in yetakchisini saylash kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

– Boshlang‘ich tashkilotimizda siyosiy o‘quv, seminar-treninglar muntazam o‘tkaziladi. Xususan, hududda istiqomat qilayotgan fuqarolarlarning deputatlar bilan uchrashuvlari tashkil etilmoqda. Asosiy vazifamiz ham aholining siyosiy faolligini oshirish orqali a’zolarimiz sonini kengaytirish, partiyaning jamiyatdagi nufuzi va o‘rnini yanada oshirishdan iboratdir, – deydi Nuriddin Sattarov.

Yig‘ilish so‘ngida ishonchni oqlagan N.Sattarov boshlang‘ich partiya tashkiloti yetakchisi etib qayta saylandi.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    412
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+