Ta’lim dargohida mehnat yarmarkasi tashkil etildi

28.03.2022, 17:21

Ta’lim dargohida mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Barchamizga ma’lumki, Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 4 mart kuni oliy o‘quv  yurtlari talabalari  bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida talaba-yoshlarni ish bilan ta’minlab, ularning qo‘shimcha daromadga ega bo‘lishlari uchun sharoit yaratish va bandligini ta’minlash borasida aniq vazifalar belgilab berildi.

Ushbu ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filialida Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Vazirlar Kengashi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi  bilan  hamkorlikda  bo‘sh  ish  o‘rinlari  mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi M.Ibragimov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o‘rinbosari O’.Qazaqbayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining raisi M.Qaypanov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Chorvanasl” agentligi rahbari  Q.Pirnazarovlar  qatnashdi.  

Mehnat yarmarkasida poytaxtimiz va tumanlardagi qariyb 20 ga yaqin  ish beruvchi korxona va tashkilotlar  ishtirok  etishib,  o‘zlaridagi bo‘sh  ish  o‘rinlari haqida talaba-yoshlarga  batafsil  ma’lumotlarni taqdim etishdi.

Tadbir davomida  ishtirokchilar va filial talabalari ish beruvchilar bilan o‘zaro muloqot olib borib, bo‘sh ish o‘rinlari bilan yaqindan  tanishdilar.

Ahamiyatli  jihati  filialda  tahsil  olayotgan  talabalar hamda ish beruvchilar o‘rtasida mehnat shartnomalari imzolanib, 15 nafar talabaning  bandligini  ta’minlash bo‘yicha  kelishuvlarga erishildi.

Tadbir  doirasida  filialda  talabalar bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga  oshirilayotgan  ishlar  xususida ham batafsil so‘z yuritildi.  

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    524
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+