Deputat mahallabay - xonadonbay yurib, aholi muammolarini tingladi
30.03.2022, 16:52
Bugungi kunda tomorqa yer daromad manbaiga aylanmoqda. Nukuslik yosh tadbirkor Babur Boranbayev ham ikki yildan buyon tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Jumladan, 1 sotix yeridagi issiqxonasida to‘rt turdagi turli xil gullarni parvarish qilib, o‘z tomorqa yeridan samarali foydalanib kelmoqda. Xalq deputatlari Nukus shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Aklima Saypova ham mahallabay xonadonbay yurib, aholi muammolarini o‘rgandi.
Xalq vakili Aklima Saypova va O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi xodimlari B.Adilchayev va J.Yusupovlar “Allaniyaz Qaharman” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Babur Boranbayevning issiqxonasi bilan yaqindan tanishish maqsadida tomorqasida bo‘ldi.
Yosh tadbirkorning issiqxonasida parvarish qilinayotgan gullarning o‘ziga xos xususiyatlari, kelgusi reja va maqsadi, fikr-takliflarini ham tingladi.
Baburning kelgusi rejasi va maqsadi aniq. Mahalladagi hokim yordamchisi Salauat Salilayevning yordami bilan “Agro bank” 27 mln 500 ming so‘m miqdorida kredit ajratgan, bugungi kunda o‘z tadbirkorligin yanada kengaytirish maqsadida biogomus bilan shug‘ullanishni yo‘lga quydi.
Uchrashuv davomida Babur Boranbayev partiyaga xayrixohligini bildirdi.
Kunning ikkinchi yarimida mazkur mahallada yashovchi yana bir xonadon egasi Quo‘anish O’razbayev bilan muloqotda bo‘ldi. Xonadon egasining rafiqasi Tursingul Shaniyazova hokim yordamchisi Salauat Salilayevning yordami bilan “Agro bank” dan olingan 30 mln so‘m miqdoridagi imtiyozli kreditga biogomus ishlab chiqarish maqsadida Kaliforniya qurtlarini sotib oldi va hozirgi kunda o‘z faoliyatini boshlab yubordi.
Bundan tashqari xalq vakili mahallada istiqot qiladigan kam ta’minlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan ham xabar oldi.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Qo‘rg‘ontepada qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanish holati tahlil qilindi
26.01.2024, 16:23
-
Deputat ko‘magida aholi xonadonlariga ichimlik suvi yetib bormoqda
26.01.2024, 11:59
-
Deputatlik eshituvi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi
26.01.2024, 11:58
-
Boshqarma boshlig‘ining hisoboti eshitildi
25.01.2024, 15:34
-
Zominlik deputatlar tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbarining hisobotini eshitdilar
23.01.2024, 15:15
Fikringizni qoldiring