Yirik quyi bo‘g‘in yetakchisining hisoboti qoniqarsiz deb topildi

05.04.2022, 13:36

Yirik quyi bo‘g‘in yetakchisining hisoboti  qoniqarsiz deb topildi

O‘zLiDeP Zafarobod tumani Kengashi tarkibida 5660 nafardan oshiq maslakdoshlarimizni o‘z saflariga birlashtirgan 54 ta Boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyat olib bormoqda. Tumandagi quyi bo‘g‘inlarda ham ayni kunlarda o‘tgan vaqt davomidagi ishlarni bir sarhisob qilish, kelgusi ish rejalarini belgilab olish, BPT raislari faoliyatini baholash, zarur bo‘lsa yangi yetakchi saylash maqsadida navbatdagi hisobot - saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda.

Shunday hisobot-saylovlaridan biri tumandagi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi “Jizzax sement zavodi”  qoshida tashkil qilingan quyi bo‘g‘inda ham bo‘lib o‘tdi. Mazkur BPT nafaqat tumandagi, balki viloyatdagi yirik Boshlang‘ich partiya tashkilotlaridan biri hisoblanadi.  2016 yilda tashkil etilgan quyi bo‘g‘in bugungi kunda o‘z saflariga 300 nafardan oshiq maslakdoshlarimizni birlashtirgan. Tabiiyki, mazkur quyi bo‘g‘in yetakchisiga yuklatilgan mas’uliyat ham anchagina salmoqli.

Bu hol quyi bo‘g‘in faollari, zavod rahbariyati qatnashgan hamda  tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan tadbir davomida yaqqol bilinib turdi.

Dastlab, boshlang‘ich partiya tashkiloti yetakchisi Bo‘riyev Sobirjon hisoboti eshitildi. E’tiborli tomoni quyi bo‘g‘in a’zolari tomonidan, yetakchining faoliyatida partiya yuqori elektorat vakillari tomonidan belgilangan ish rejasi doirasidagi vazifalar yuzasidan, xususan, partiyaviy vositalar bilan ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash, xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, faol maslakdoshlarimizni rag‘batlantirish, partiya a’zolari safini kengaytirish, zavod xodimlariga shu bilan birgalikda hududdagi aholi orasida ham partiyaning maqsad va g‘oyalarini keng targ‘ib qilish, saylovoldi platformasida ilgari surilgan manzilli rejalar keng targ‘ib qilinmaganligi ta’kidlab o‘tildi.  Shu sabab, yetakchi hisoboti qoniqarsiz, deb topildi.

Quyi bo‘g‘in a’zolari tomonidan boshlang‘ich partiya tashkiloti raisligiga, zavod kadrlar bo‘lim mudiri Shuxrat Saparov nomzodi qo‘yildi va bir ovozdan ma’qullandi. Yangi rais yig‘ilganlarga ishonch uchun minnatdorchilik bildirib, ushbu mas’uliyatli vazifani ado etishda bor kuch-g‘ayratini sarflashini bildrib o‘tdi.

Yig‘ilish so‘ngida BPT safiga yana 10 nafar yangi a’zolar tantanali ravishda qabul qilindi.

Oybek Umurzoqov,

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi boshlang‘ich partiya

tashkilotlari bilan ishlash guruhi  rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    515
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+