Deputat tashabbusi bilan mahalladagi qator muammolar ijobiy hal qilindi

06.04.2022, 14:42

Deputat tashabbusi bilan mahalladagi qator muammolar ijobiy hal qilindi

Yashnobod tumani 37-Quruvchilar okrugidan saylangan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Iftixor Ziyoyev “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida tumandagi “Yangi davr” mahallasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida I.Ziyoyev mahalla ahli, nuroniy va yoshlar bilan uchrashdi va muloqot qildi. Muloqotda aholi tomonidan ko‘plab murojaatlar tushdi. Ularning ayrimlari joyida hal etildi va tegishli tushunchalar berildi. Jumladan, mahallaning Oqdaryo ko‘chasida yashovchi fuqarolar tomonidan uyni markaziy kanalizatsiya tizimiga ulanmaganligi sababli, oqova suv quvurlari yotqizilishida amaliy yordam so‘rab murojaat etdi. I.Ziyoyev o‘z mablag‘lari hisobidan oqava suv quvurlarini yotqizib, markaziy kanalizatsiya tizimiga ulanishida amaliy yordam berdi.

Shuningdek, “Yangi davr” mahallasi hududida 15 ga yaqin tadbirkorlik sub’ektlari va yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyat olib boradi. Korxonalar hududiga olib boruvchi yo‘l faqatgina “Yangi davr” mahallasi Farg‘ona yo‘li 3-tor ko‘chasidan o‘tganligi sababli, ushbu yo‘ldan ko‘plab og‘ir vazndagi yuk tashuvchi mashinalari qatnashi oqibatida yo‘l inratuzilmasiga jiddiy zarar yetkazilyapti, asfalt qismini yemirilishiga va yo‘lning ostki qismidan o‘tgan ichimlik suvi quvurlar (trubalari)ni yorilishiga olib kelgan. Korxonalarning yuk tashuvchi mashinalari tungi vaqtlardagi harakatidan mahalla aholisida ko‘plab e’tirozlar yuzaga kelmoqda. Korxonalar hududiga olib boruvchi boshqa yo‘l ham mavjud bo‘lib, noqonuniy qurilmalar qurilganligi tufayli yo‘l to‘silib qolgan.

Deputat I.Ziyoyev Yashnobod tuman yo‘l harakati hafsizligi boshqarmasi va hokimlik vakillari bilan o‘rganib, masalaga yechim topish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yubordi hamda ushbu masalani o‘zining nazoratiga oldi.

  • Ko'rildi
    896
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+