Notinch va jinoyatchilikka moyil oilalar deputatlarga biriktirildi

15.04.2022, 13:27

Notinch va jinoyatchilikka moyil oilalar deputatlarga biriktirildi

O’zLiDeP Xiva shahar kengashi “Oila ma’naviyat bulog‘i” shiori ostida "Qiyot" mahallasi binosida tadbir o‘tkazdi. Tadbirda mahalladagi faol ayollar ishtirok etishdi. Unda so‘z olgan partiya yetakchisi Oila – ma’naviyatimiz tayanchi ekanligini, u oila a’zolarining shaxsiy ma’naviyatlariga asoslanib, millat ma’naviy qadriyatlari ta’sirida yuksalib borishini ta’kidladi. Oila ma’naviy qo‘rg‘on bo‘libgina qolmay yosh avlod ta’lim-tarbiyasining ilk maskanidir.

Tadbirda bugungi kunda notinch oilalar bilan ishlash tizimida amalga oshirilayotgan ishlar ham muhokama qilindi. Notinch oilalar bilan ishlash, ulardagi ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda mahalladagi nuroniy onaxonlarning, partiya “Ayollar qanoti” faollarining roli kattaligi e’tirof etildi.

Tadbir yakunida notinch, jinoyatchilikka moyil oilalar partiya faollariga va deputatlariga biriktirilib, ular bilan qilinadigan ishlar, vazifalar belgilab olindi.

Musharraf Raximova,

O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    701
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+