Marjonbuloqdagi muammolar yechimida BPT yetakchisining ham hissasi katta

18.04.2022, 16:01

Marjonbuloqdagi muammolar yechimida BPT yetakchisining ham hissasi katta

O‘zLiDeP G’allaorol tuman Kengashi tarkibida o‘z saflariga 6800 nafardan ortiq maslakdoshlarimizni birlashtirgan 72 ta Boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyat olib bormoqda. Ulardan biri – Marjonbuloq oltin konida tashkil etilgan bo‘lib, u o‘z saflariga 60 nafar partiya faollarini birlashtirgan.

Quyi bo‘g‘inga yetakchilik qilayotgan Muhabbat Saidahmedovani nafaqat konchilar shahri Marjonbuloqda, balki G’allaorol tumanida jonkuyar, tinib-tinchimas, ko‘pchilik tashvishini o‘ylab yashaydigan partiya faoli sifatida yaxshi bilishadi. Buning albatta o‘z sabablari bor. Chunki, BPT yetakchisining jonkuyarligi, fidoyiligi, bir necha yillar davomidagi yelib-yugurishlari Marjonbuloq shaharchasidagi ko‘plab muammolarni hal qilishda anchagina qo‘l kelmoqda.

Aynan BPT yetakchisi boshchiligidagi bir guruh faollarning sa’y-harakatlari tufayli shaharchada 130 nafardan ortiq yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun sport majmuasi, 330 o‘rinli bolalar bog‘chasi, 9 ta mahallaga xizmat qiladigan shifokorlik punkti, 6 nafar xotin-qizlar ish bilan ta’minlangan tikuvchilik sexlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Qolaversa, shaharchada istiqomat qiladigan aholini elektr energiyasi, ichimlik suvi, tabiiy gaz bilan ta’minlash, ichki yo‘llarni ta’mirlashdagi kamchiliklarni bartaraf etishda ham BPT yetakchisi alohida faollik ko‘rsatmoqda.

Ayni paytda tinib-tinchimas partiya faoli shaharchadagi ko‘p qavatli binolar ta’miri, ularning tom qismini yopish kabi aholini qiynayotgan bir qator muammolarga partiyaviy vositalar bilan yechim topish ilinjida faol sa’y-harakatlarni boshlagan.

Aynan Muhabbat Saidahmedova kabi faollarimizning borligi joylarda partiyaning siyosiy mavqeini, obro‘sini oshirishga, saflarimizga yana ko‘plab fidoyi yurtdoshlarimizning kelib qo‘shilishiga xizmat qilmoqda.

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

matbuot markazi

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    552
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+