“Bir deputat yuz ayolga ko‘makchi” loyihasi doirasida saxovat tadbirlari o‘tkazildi

20.04.2022, 14:07

“Bir deputat yuz ayolga ko‘makchi” loyihasi doirasida saxovat tadbirlari o‘tkazildi

“Muazzimboy” mahallasi Paxtaobod tumanida joylashgan. Mazkur hududning saylovchilari bugun deputat tanlashda adashmaganlarini his qilmoqdalar. Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Feruzaxon Mirzaraximovaning xayrli tadbirlari, yelkadoshlik mas’uliyati maqomni oqlayotganidan darak.

Xalq noibining “Bir deputat yuz ayolga ko‘makchi” loyihasi doirasidagi saxovat tadbirlari muborak Ramazon oyida qizg‘in tus oldi. Mahallalardagi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan, yolg‘iz ayollarga ko‘rsatilgan ehtirom g‘amxo‘rlik va e’tiborning namunasi bo‘ldi. Ulashilgan hadyalar hamda birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari ro‘zg‘or yukini yengillatishi bilan birga yarim ko‘ngillarga quvonch hadya etdi.

Deputatning saxovat tadbirlari mahalladagi o‘rganish ishlariga ulanib ketdi. Mahalladagi mavjud bandlik muammolariga yechim topilishida ko‘maklashildi.

Madinaxon Ergasheva ana shunday targ‘ibotda tibbiyot bo‘limiga ehtiyoji borligini aytdi. Ancha yildan buyon onkologik xastalik bilan aziyat chekadi. Davolanishga moddiy yordam kerak. Deputat ko‘magi bilan Madinaxonning ko‘ngli tog‘dek ko‘tarildi. Bepul dori-darmon va moddiy yordam berildi.

Bunday ezgu sa’y-harakatlar davom etmoqda.

  • Ko'rildi
    424
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+